Tojikiston poytaxti Duşanbe şahri va uning atrofidagi tumanlarga çang böroni yopirildi. Sinoptiklar ob-havo keskin özgarişi haqida kuni keça ogohlantirişgandi, deb yozmoqda mahalliy naşrlar.

Kuçli şamol havoga çang va qum zarralarini kötarmoqda, şuning uçun çang böronlari nafas oliş yöllariga juda zararlidir. Fuqarolarga oğiz va burunga çang hamda tuproq kirmaslikni ta'minlovçi turli maxsus niqoblarni kiyib oliş tavsiya etildi. «Agarda sizda niqob bölmasa, bandana yoki boşqa mato bölagidan foydalaning. Uni oldindan biroz namlab oliş ham mumkin», - deyiladi xabarda.

Şuningdek, köçaga çiqişdan avval burun şilliq pardasi qurib qolişiga yöl qöymaslik uçun burun teşigi içki qismiga oz miqdorda maxsus vositalar surtiş tavsiya etilgan.