2017 yil 12 oktabr kuni Özbekiston Boş vaziri A.Aripov tomonidan Özbekiston yoşlar ittifoqi xodimlarini moddiy rağbatlantirişga oid Vazirlar Mahkamasi qarori imzolandi.

Unga köra, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki Qoraqalpoğiston Respublikasi yoşlar ittifoqi Kengaşi raisiga, viloyat, şahar, tuman kengaşlari raislariga va Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi xodimlariga Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi tomonidan takdim etilgan röyxatlar böyiça, “Spark” yoki “Damas” rusumli avtotransport vositalari sotib oliş uçun kreditlar ajratişi belgilandi.

Kreditlar quyidagi şartlar asosida beriladi:

kreditni beriş muddati - 10 yilgaça;

dastlabki badal summasi - sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi;

foizli stavka miqdori — Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit beriş sanasidagi amalda bölgan qayta moliyalaştiriş stavkasi mikdorida;

kredit böyiça ta'minlaş — avtotransport vositasi çiqqungaça va u kafolat böyiça rasmiylaştirilgungaça, kreditni qaytariş yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli suğurtalaşni hisobga olgan holda, kredit böyiça sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;

foizlarni hisoblab yoziş, asosiy qarzni va kredit böyiça asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni tölaş, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni tölaş böyiça uç oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi böyiça amalga oşiriladi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi xodimlarining real ehtiyojini ularning kreditga avtotransport vositasi sotib olişga bölgan xohişlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda sotib oliş uçun zarur bölgan avtotransport vositalari miqdorini aniqlaş yuzasidan röyxatlar tuzadi.

Şuningdek, mazkur röyxat asosida “Özavtosanoat” AJ ular tomonidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib oliş uçun avtotransport vositalari ajratilişini ta'minlaydi.

Eslatib ötamiz, Yoşlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoşlar Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududida doimiy propiskaga ega bölişi mumkinligi haqida xabar berilan edi.