Özbekiston Respublikasi yöl harakati qoidalarining 72 bandiga muvofiq transport vositalari ajratilgan bölak va yöl yoqasi, trotuar va piyodalar yölagida harakatlanişi taqiqlanadi. Bu haqda Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi OAV va jamoatçilik bilan işlaş bölimi inspektori mayyor Alişer Abduqodirov “Pravda Vostoka” naşriga aytib ötdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga asosan transport vositasi haydovçilari piyodalar yölagida harakatlangani uçun eng kam iş haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima tölaydi. 

Uşbu qoidabuzarlikni ma'muriy jazo qöllanilgandan söng bir yil mobaynida sodir etsa, eng kam iş haqining 1 barobaridan 4 barobarigaça jarima yoki transport vositasidan foydalaniş huquqidan 6 oy muddatga mahrum etiş çoralari köriladi. 

Ta'kidlanişiça, piyoda qoidabuzarlik yuzasidan yöl harakati xavfsizligi xizmatiga murojaat qilişi mumkin. Bunda uning tasdiqlovçi foto yoki video tasviri, şuningdek, guvohlari bölişi talab etiladi.