Aşxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov iştirokida mamlakatdagi birinçi golf klubining oçiliş marosimi bölib ötdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
70 gektardan ortiq maydonni egallagan yangi kompleks poytaxtning janubiy-ğarbiy qismida, «Yulduz» mehmonxonasining yonida joylaşgan.
Turkmanistondagi birinçi golf klubi tantanali oçilişidan söng mamlakatdagi ilk körgazmali musobaqa bölib ötdi.

Musobaqa iştirokçilari orasida afsonaviy golfçi, golf-maydonçalari dizayneri va yaxşi niyat elçisi Jyek Niklaus ham bor edi. Aynan uning kompaniyasi - «Nicklaus design» - Aşxobodda birinçi golf-maydonini yaratiş uçun loyiha-konsalting işlarini olib bordi. Uşbu musobaqada Jyek Niklausaning şerigi 1978 va 1985 yilda AQŞ oçiq turnirlarida ikki marotaba ğolib çiqqan Endi Nort böldi.

Golfçilarning ikkinçi juftligiga esa PGA çempionati va Britaniya oçiq musobaqasi ğolibi Nik Prays, şuningdek, AQŞ oçiq çempionati va PGA ğolibi Larri Nelson kirdi.




















