«Özbekiston havo yöllari» MAK direksiyasida aviakompaniya rahbariyati va Air Astana AJ bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida uçraşuv bölib ötdi.

Muzokaralar çoğida tomonlar ikki mamlakat sayyohlik salohiyatini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi va Qozoğiston Respublikasi örtasida yölovçi taşuvlarini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar. Şuningdek, «Uzbekistan airways technics» aviakorxonasi bazasida Air Astana AJ havo kemalariga texnik xizmat körsatiş va ta'mirlaşni amalga oşiriş hamda MAK Trenajyer majmuasida qozoğistonlik uçuvçilarning tayyorgarlikdan ötişi böyiça hamkorlik jihatlari körib çiqildi.

Uçraşuv yakunida ikki aviakompaniya vakillari muzokaralar Bayonnomasini imzoladi. Toşkentdan Olmaota, Ostona va ortga muntazam reyslar sonini oşiriş haqida kelişuvga erişildi, şuningdek, Qozoğistondan Özbekiston tarixiy şaharlari – Urganç, Buxoro, Samarqandga yangi yönalişlarni oçiş masalasi muhokama qilindi.

Eslatib ötamiz, hozirgi vaqtda «Özbekiston havo yöllari» MAK va Air Astana AJ Toşkent va Olmaota örtasida muntazam parvozlarni tenglik asosida amalga oşirmoqda – haftasiga 6 marta, Ostona bilan esa – haftasiga ikki marta.