Qozoğistonning Air Astana aviakompaniyasi RF hududidagi tijoriy parvozlarning suğurtalanişi töxtatilgani sabab Rossiyaga reyslarini bekor qilişini ma’lum qildi.

“Air Astana afsus bilan şuni ma’lum qiladiki, Rossiya Federatsiyasiga va Rossiya Federatsiyasidan amalga oşiriladigan, şuningdek uşbu mamlakat hududidagi parvozlarni suğurtalaş töxtatilgani sababli bu yönalişdagi barça parvozlar töxtatiladi”, – deyiladi kompaniya rasmiy xabarida.

Aviakompaniya Qozoğiston hukumati bilan birgalikda reyslarni imkon qadar tez fursatda tiklaş çoralarini körişini bildirgan.

Şuningdek, Turkiyaning Turkish Airlines va Pegasus kompaniyalari ham Rossiyaga boğliq çeklovlarni e’lon qildi.

Pegasus loukosteri 13 martdan 27 martgaça bölgan muddatda Rossiyaga parvozlarni bekor qildi, rasmiy relizda mazkur qaror “operatsion risklar”, xususan suğurta masalasi bilan izohlangan.

Ayni paytda, Turkish Airlines Rossiya fuqarolariga Turkiya hududidan uçinçi mamlakatlarga aviaçipta sotişni töxtatdi.

Mazkur yangiliklar fonida Rossiya koronavirus pandemiyasi sababli 8ta davlat bilan aviaqatnovlarga kiritilgan çeklovlarni bekor qildi. Bu mamlakatlar – Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Ozarboyjon va Armaniston.

Eslatib ötamiz, aviaparvozlar böyiça çeklovlar – Ukrainaga qöşin kiritgani uçun Rossiyaga Yevropa Ittifoqi tomonidan qöllangan asosiy sanksiyalardan biri bölib turibdi. YeI davlatlari rus aviakompaniyalarining parvozi uçun öz osmonini yopgan, şuningdek, samolyotlar suğurtasi, lizing, ularni ta’mirlaş va texnik körik körsatiş böyiça xizmatlarni çeklab qöygan.