Qozoğiston Fuqaro aviatsiyasi qömitasi Air Astana aviakompaniyasi parvozlarni keçiktirgani uçun jarimaga tortilgani haqida xabar berdi. Jarima 16 iyulga rejalaştirilgan Olmaota – Male reysi uzoq muddatga keçiktirilgani munosabati bilan qöllangan.

Suriştiruv davomida yölovçilar parvozni 15 soatdan ortiq kutişgani aniqlangan. Şu bilan birga, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xizmatlar, ya’ni mehmonxonalarni joylaştiriş xizmatlari lozim darajada taqdim etilmagan. Mazkur holat yuzasidan aviakompaniya 3 million tangadan ortiq yoki 6,3 ming dollar miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi.

Yölovçilar faqatgina bitta reysda kuzatilgan muammodan şikoyat qilişmagan. Qozoğiston Fuqaro aviatsiyasi qömitasiga 150ga yaqin murojaat kelib tuşgan bölib, ayni paytda ularning har biri örganib çiqilayotgani, qonunbuzarlik tasdiqlansa, tegişli protsessual çoralar körilişi bildirilgan.

Eslatib ötamiz, 19 iyul kuni soat 9:30da Toşkentdan Andijonga parvoz qilişi kerak bölgan samolyot 12:30da uçib ketgan, soat 8 da aeroportga borgan yölovçilar 4,5 soat kutişga majbur bölişgan.