Air Astana aviakompaniyasi Rossiya hududidagi barça tijorat reyslarini töxtatdi.

«Aviakompaniya parvozlarni tezroq tiklaş masalasida Qozoğiston hukumati bilan birgalikda iş olib boradi. Bekor qilingan reyslar yölovçilaridan tölovlarni qaytarib oliş uçun xarid joyiga murojaat qilişlarini söraymiz. Pullarni qaytariş töliq hajmda amalga oşiriladi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Şuningdek, Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi ham Ukraina atrofidagi vaziyat sababli Rossiyaga qarşi joriy qilingan sanksiyalar fonida 13–27 mart kunlari Rossiyaga parvozlarni amalga oşirmaydi.

Avvalroq, 6 martdan boşlab «Ozarboyjon havo yöllari» va Buta Airways Rossiyaning barça şaharlariga parvozlarni vaqtinçalik töxtatgandi.