2017 yil 13 oktabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining 28 avgustda 5-2017-son buyruği davlat röyxatidan ötkazildi. Mazkur buyruq asosida oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida öqitişning tölov-kontrakt şakli va undan tuşgan mablağlarni taqsimlaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Kun.uz uşbu özgarişlarni tahlil qilib çiqdi hamda asosiy özgarişlarni e'tiboringizga havola qiladi.
1-özgariş: Nizomda joriy yildan ta'lim tizimi uçun yangilik bölgan qabul kvotalaridan taşqari talabalikka tavsiya etilgan şaxslarning tölov-kontrakt tölaş qoidalari ham aks etdi. Unga köra, oşirilgan tölov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasining qarori hamda OTMning abituriyentlarni darslarga qatnaşişga ruxsat beriş töğrisidagi buyruği qabul qilingan sanadan qat'i nazar töliq tölanişi belgilandi.
2-özgariş: Nizomda mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça amalga oşirilgan islohotlardan kelib çiqib ayrim özgarişlar kiritildi. Xususan, endilikda Özbekistonda yaşaş guvohnomasiga ega bölmagan xorijiy fuqarolar uçun çet et valyutasini milliy valyutaga ayirboşlaganligi töğrisida tegişli hujjat taqdim etiş talab qilinmaydigan böldi.
Bu nima degani? Avval Özbekistonda yaşaydigan va yaşamaydigan xorijiy fuqarolar uçun tölov-kontraktni tölaşda 2 xil tartib bor edi. Unga köra, xorijiy fuqarolar uçun tölov-kontrakt miqdori AQŞ dollarida belgilanib, Özbekistonda yaşaydigan xorijiy fuqarolar kontraktni Markaziy bank kursi böyiça sömda tölardi. Özbekistonda yaşamaydigan xorijiy fuqarolar ham sömda tölardi, faqat ulardan çet el valyutasini milliy valyutaga ayirboşlaganligi töğrisida hujjatni taqdim qiliş talab etilardi. Bundan közlangan asosiy maqsad Özbekistonda yaşamaydigan xorijiy fuqarolar çet el valyutasini qimmatroqqa “qora bozor”da almaştirmasligi, uni töğridan-töğri davlatga topşirişini nazorat qiliş uçun edi.
Bugunga kelib davlat kursi va “qora bozor” tenglaşgan bir paytda ayirboşlaş hujjati talab qilinmasligi, xorijiy fuqarolar kontrakt uçun tölovni milliy valyutada amalga oşirişlari haqida özgartiş kiritildi.
3-özgariş: bundan buyon belgilangan muddatlarda fanlarni özlaştira olmagan (akademik qarzdor bölgan) talaba kursdan qoldirilganda tölov miqdori öqişi davom etadigan öquv semestri uçun amalga oşiriladi.
















