«Hali meni soğinasizlar!» - Dani Alveş (Çempion hikoyalari)
|20:40 / 20.10.201724 97817 min
Uç oy oldin, «Barselona»ning «PSJ» bilan öyindagi «kambek»ini men uyda, divanimda ötirib kördim. Gazetalardagi turli xabarlarni öqib, xuddiki, men sobiq klubimga mağlubiyat tilaganimni taxmin qilgandirsiz. Yöq. Ukam Neymar jarimadan ajoyib gol urganida, men örnimdan sakrab turib ketdim va qiçqirib yubordim. Serxio Robertoning hal qiluvçi golidan söng esa, «Barselona»ning har qanday muxlisi singari, tentakka öxşab xonamda aylanib yugurar edim. Ha, «Barselona» hali ham mening qonimda bor ekan.
Ötgan yozda, klubni tark etayotganimda, men jamoani, futbolçilarni, muxlislarni emas, aslida klub rahbariyatni tark etgandim. Ular menga yoqmaydi, oçiğini aytaman. Rahbarlar ketadi, örniga boşqasi keladi, baribir, sakkiz yil öynab, bu davrda şunça yutuqlarga erişib, keyin bu jamoani butunlay köngildan çiqarib taşlaşning iloji yöq. Men «Barselona»dan ketayotganimda, rahbarlarga aytdim:
«Sizlar hali meni soğinasizlar!»
Men öng qanot futbolçisi Dani Alveşni nazarda tutmadim. «Barselona»da ajoyib futbolçilar juda köp. Ular köproq mendagi ruhiyatni soğinişlarini aytgandim. Ular yeçiniş xonasidagi mening jamoaga berayotgan ruhiyatni yöqotişayotgandi, men bu jamoa libosini kiygan ilk kundan beri har doim beradigan qondan mahrum bölişayotgandi.
Keyingi bosqiçda «Barselona» biz bilan öynaş kerak bölganida, tuşunrsiz hissiyotlar içida qoldim. «Kamp Nou»da xuddi öz uyimga qaytgandek böldim, öyindan oldin «Barselona» zaxira örindiğiga borib, eski döstlarim bilan salomlaşdim. «Dani, kel, biz bilan ötir, sening örningni saqlab ötiribmiz haliyam» deb hazillaşişdi. Maydonga orqa ögirgan holatda, har bir qölni siqib qöyayotganimda, tösatdan hakamning huştagini eşitdim – öyin boşlanib bölgandi. Man maydonga yugurib ketayotganimda, Luis Enrikening kulayotgani quloğimga çalindi. Kulgili holatmidi? Axir bu Çempionlar Ligasi çorak finali-ku?
Doim şunaqa, men haqimda köpçilik jiddiy öylaşmaydi. Alveş doimo hazil-huzul qilib yuradigan, voqealarga jiddiy e'tibor qaratmaydigan futbolçi deb öylaşadi. Ammo bir sirni oçay, men doim, Messi, Neymar yoki Kriştianu kabi dunyoning eng zör hujumçilariga qarşi öyinga tuşar ekanman, ularning kuçli va kuçsiz tomonlarini tahlil qilaman. Undan keyin ularga qarşi qanday öynaşni rejalaştiraman, maqsadim, butun dunyoga Dani Alveş ham ular bilan bir darajada ekanini körsatib qöyiş böladi. Balki bir ikki marta ular mendan ötib ketişar, albatta, muammo yöq. Lekin öz navbatida men ham hujum qilaman. Men körinmas odam bölib qolişni istamayman, men ham sahnada bölişga intilaman. 34 yoşimda, 34 sovrindan söng ham, har doim maydonga tuşayotganimda buni isbotlaşga ehtiyoj sezaman. Aslida bu yanayam boşqaça hikoya.
Mavzuga oid
Har bir öyin oldidan men oynaning qarşisida 5 daqiqa turib qolaman va hammasini unutaman. Mening köz oldimda bir film boşlanadi. Men har öyin oldidan butun hayotim haqidagi uşbu filmni tomoşa qilaman. Qayta-qayta.
Birinçi kadrda men 10 yoşdaman. Juazirodagi uyimizda, beton karavotda yotibman. Tagimdagi matras kiçik barmoğingizdan ham yupqa. Taşqarida hali tong otmadi, soat taxminan 5.00, lekin men, ön yaşar bolakay maktab vaqti bölgunça dadamga yordam beriş uçun örnimdan turişim kerak. Akam bilan otam işlayotgan dalaga çiqamiz. U allaqaçon öşa yerda işlayotgan böladi – orqasiga oğir boçkani ilib olib, ösimlik va daraxtlarga dori sepadi.
Biz öşa boçkalarni işlatiş uçun juda yoşmiz, kuçimiz yetmaydi, ammo baribir unga yordam beramiz. Bu şunçaki, yaşaş uçun kuraş. Keyingi bir neça soat men akam bilan raqobat qilaman, çunki har kuni iş tugagaç, otam kim yaxşiroq işlaganini aytadi. Mukofot sifatida esa, kunning eng mehnatkaş bolasiga oilamizdagi yagona velosiped tegadi.
Bu juda muhim, çunki agar men yutqazsam, fermadan maktabgaça 12 mil yölni piyoda bosib ötişim kerak. Piyoda qaytiş yanayam yomon, çunki mahallamizda har kuni böladigan öyinga ulgura olmayman, mensiz futbol boşlanib ketgan böladi. Agar velosipedni yutib olsamçi? Unda maktabda ketişda biror qizni ham mindirib oliş mumkin. Heç bölmasa, 12 millik yöl davomida özimni haqiqiy erkakdek his qilaman. Şuning uçun ham köproq, yaxşiroq işlaşga harakat qilaman.
Yana otamga qarayman, öşa oğir boçkani kötarib kunni keç qiladi. Tunda esa, kiçkina barda işlaydi, oilani boqiş uçun qöşimça pul işlaşga intiladi. Bilişimça, u yoşligida juda kuçli futbolçi bölgan, lekin katta şaharlarga borib, özini skautlarga körsatiş uçun puli yetmagan. Balki şuning uçun, u tinmay işlaydi, heç bölmasa, menda şunday imkoniyat bölişini istar...
Mana şu yerda ekran qorayadi va keyingi lavhaga ötadi.
Bugun yakşanba va biz oilamiz bilan oq-qora televizorda futbol körib ötiribmiz. Antennaning atrofini temirdan yasalgan bir nima bilan örab qöyganmiz, şunday qilinsa şahardan signal yaxşiroq keladi. Biz uçun bu haftaning eng yaxşi kuni ekani şubhasiz. Hamma xursand.
Keyingi lavha.
Otam meni eski maşinasida şaharga olib ketyapti. U yerda men bir neça skautga özimni körsatişim kerak. 13 yoşimda oilamdan uzoqda, şahardagi futbol akademiyasida qolişga majbur böldim. Kiçik yotoqxonada yuzga yaqin bolalar yaşaydi va bu yer xuddi qamoqxonaga öxşaydi. Bu yerga kelişimdan oldin otam şaharga borib yangi futbol kiyimi olib bergandi. Bu bilan u mening kiyimlarim ikki barobar köpaydi – çnuki özi bittagina sport kiyimim bor edi xolos.
Birinçi kungi maşğulotlardan keyin, kiyimimni quritiş uçun ilib qöygandim, ertasiga qarasam, yöq, kimdir öğirlab ketibdi. Mana şu yerda bu endi mening qişloğim emasligini, mana bu yer haqiqiy hayot ekanini anglagandek bölaman. Xonamga qaytganimda juda oçman, biz kuni bilan şuğullanamiz, şuning uçun ham yegulik yetişmaydi. Töğrisi, bu yerda judayam zör futbolçi emasman, nari borsa, 100 bola içida 51-örinlarda tursam kerak, balki şuning uçun maktab yoqmaydi, uyga ketgim kelaveradi. Lekin...
Özimga «otang sen bilan faxrlanmagunça, uyga qaytmasliging kerak» – deyman. «Töğri, sening iqtidoring 51-örindadir, ammo sen jangçi bölişing kerak, ortga çekiniş mumkin emas».
Ekran qorayadi va keyingi lavha boşlanadi.
Men 18 yoşdaman. Braziliya ligasida öynayotgan bir paytimda yonimga kelgan bir agentning aytişiça, menga «Sevilya» qiziqayotganmiş.
«Sevilya? O, zör-ku!» – deyman men.
«Siz özi bilasizmi Sevilya qayerdaligini?», – deb söraydi agent.
«Albatta, men Sevilya qayerdaligini bilaman. Ooo, Sevilyayayaya, menga juda yoqadi».
Aslida, heç narsa bilmayman. Balki boşqa planetadadir, balki oydadir, xullas u közlarini katta oçib «Sevilya» deganidan bildimki, bu juda muhim. Oradan kunlar ötib, suriştirişni boşlayman va «Sevilya»ning «Real» va «Barselona» kabi jamoalarga qarşi öynab yurişini eşitaman. «Agora!» – portugalçada bunday holatlarda aytiladigan söz, köproq hayratni, biror narsaning paq etib portlab ketişini anglatadi. Şunaqaroq hissiyot.
Keyingi lavha boşlanadi.
Men endi Sevilyadaman. Futbolçilar menga yoşlar jamoasining öyinçisidek muomala qilişadi, ularning tilini bilmayman, murabbiyning ham men bilan işi yöqdek. Oldinda faoliyatimdagi eng yomon olti oy kutib turibdi. Hatto uyga qaytib ketgim ham kelib qolgan palla.
Ammo keyin, men bir paytlar otam menga olib bergan va öğirlatib qöyganim sport kiyimim esga tuşadi. Orqasiga oğir dorilaş apparatini osib olgan otamni köz öngimdan ötkazamanda, söng, bu yerda til örganiş kerak bölsa örganib, döst kerak bölsa döst topişim şart, vaziyatni özgartirişim kerak, kamida tajriba töplab, Braziliyada yaxşiroq futbolçi bölişim mumkin-ku, deya boşlayman özimga.
Mavsum boşlanayotganda murabbiy hammaga aytadi: «Sevilya»da himoyaçilar maydon markazidan uyoğiga ötmasligi kerak. Heç qaçon».
Futbol öynayapman-u, közim maydon markazidagi öşa çiziqda. Hovlidagi panjaradan ötgani qörqib akillab turadiku kuçuklar, özimni şunga öxşatvorardim. Qaysidir öyin paytida, nimagadir hammasini unutdim va çiziqqa ham e'tibor bermay oldinga bora boşladim. Men özligimga xiyonat qilmasligim kerak. «Agora!» deyman özimga özim va oldinga taşlanaman, Tamom.
Öyinim murabbiyni ham sehrlab qöydi çoği, murabbiy meni oldiga çaqirib dedi:
«Okey, Dani, yangi reja. Hujum qilişing mumkin».
Ligada qoliş uçun kuraşayotgan jamoadan bir neça yilda ikki marta UYeFA kubogini boşi uzra kötargan klubga aylandik.
Ekran qorayadi va keyingi lavha boşlanadi.
Telefon jiringladi. Agentim «Dani, «Barselona» sen bilan qiziqyapti» dedi. Men endi oldingidek ahmoqona körinmayman, çunki endi Barselona qayerligini juda yaxşi bilaman.
Har doim, har öyin oldidan, men oynaga qarab turganimda, mana şu film har doim mening kallamda çarxpalakdek aylanaveradi. Öyindan keyin, yeçiniş xonasiga ketayotib ham, şu haqida öylayman va özimga özim deyman – «Dani, sen heç kim emasding, hozir esa bu yerdasan. Işoniş qiyin, ammo şu yergaça kela olding».
18 yoşimda, «Barselona»ga qarşi öynaydigan jamoa safida öynaş uçun okean oşa kelgandim, endiçi? «Barselona»ning özida öynaş imkoniga ega bölişçi?
Bu ajoyib edi. haqiqiy daho bilan yelkama-yelka töp suriş! Esimda, maşğulotlardan birida Messi töp bilan şunday harakatlar qildiki, heç qanday mantiq buni öziga siğdira olmasdi. Albatta, u bu işni har kuni qilardi, ammo bu safar yanayam e'tiborimni tortgandi. Şu bilan birga, aytişim kerakki, bu maşğulotlar haqiqiy edi, biz bor kuç bilan harakat qilardik, Messi esa, osonlik bilan oramizdan ötib ketar va sovuqqonlik bilan işini bajarardi.
Bir payt qarasam, u hatto butsasi boğiçlarini ham boğlamagan, tasavvur qilyapsizmi, u bizga, dunyoning eng yaxşi jamoasi himoyaçilariga qarşi xuddi dam oliş kunlari parkda maşğulot ötayotgandek öynayotgandi. Öşanda anglab yetdimki, umrim davomida boşqa u kabi kuçli futbolçini körmayman.
Va albatta, Pep Gvardiola haqida ham aytişim şart.
Pep sizga öyin boşlanmasdan oldin, bu öyinda nimalar bölişini aytib bera oladi. Masalan, 2010 yilda «Real»ni 5:0ga yutgan öyinimizni eslaysizmi? U öşa öyindan oldin bizga şunday degandi:
«Töpni göyoki, olovli şar kabi nazorat qiling, ya'ni umuman oyoqlaringiz orasida qolib ketmasin. Yarim sekund ham töpni uşlamang. Ana öşanda ular sizga bosim ötkaza olişmaydi. Biz osonlik bilan yutamiz».
Har bir öyin oldidan u şunday tuşuntirardiki, biz maydonga 3:0 hisobida yutayotgandek tuşib kelardik, özimizga bölgan işonçimiz şu qadar oşib ketgan bölardi. Eng qiziği, masalan, öyinimiz qovuşmaganda, biz tanaffusda yeçiniş xonasida yiğilganimizda bölardi. Pep ötirib olib, peşonasini qaşlay boşlaydi, köp körgansiz-a uni, şunaqa holatda? Xuddi şu tariqa u miyasini işqalab, Olovuddin jinni çaqirgandek, içidagi dahoni çaqira boşlaydi, göyo. Daho kelgaç, közlari çaqnab ketadi - «Böldi, tuşunarli!»
Sakrab örnidan turadi-da, doskaga matematika domlasi kabi qanaqadir sonlarni, sxemalarni çizib taşlaydi – «mana şunday harakat qilsak, gol uramiz».
Pep menga töpsiz öynaşni örgatgan ilk murabbiydir. U nafaqat futbolçilarning özgarişini, boşqaça öynaşini talab qilardi, balki bu nima uçun kerakligini tuşuntirib ham bera olardi. Öşa «Barselona» qaysidir ma'noda yengilmas edi va biz maydonda fikrlamay ham qöygandik, hammasini xotiramiz hal qilardi – biz bu işni oldin ham qilgandik, xuddi öşanday öynasak, tamom. Mana şuning uçun «Barselona» doimo yuragimda qoladi.
Mana şuning uçun ham, biz çorak finalda «Barselona»ni yutganimizdan keyin, ukam Neymarning oldiga kelib yupatayotganimda, uning yiğlayotganini körib, mening ham qaysidir bölagim yiğlagandi.
Men bu gaplarni nega yozyapman? Men 34 yoşdaman va yana neça yil futbol öynaşimni bilmayman. Ikki yildir, balki uç yil. Lekin baribir, göyo odamlar meni tuşunmayotgandek, meni boşqaça odam deb tasavvur qilişayotgandek bölaveradi.
«Yuventus»ga borganimda öşa eski hissiyotlarim qaytalandi, xuddi 13 yoşimda akademiyadan, 18 yoşimda Sevilyadan ketmoqçi bölganimdek, 33 yoşimda Italiyadan qaytib ketgim kelaverdi. Italiyada butunlay boşqaça futbol maktabiga duç kelgandim, bu yerda oldingidek hujumkor böla olmayman, Italiyada köproq himoyadagi işonçlilikni qadrlaşadi. Men yana öşa eski kuçukçaga aylandim, manovi çiziqni tark etmaslik haqida öylay boşlagandim.
Xöş, nima qilay? Avvaliga, bormadim. Men «Yuventus» futbolçilariga ularning qadriyatlarini, qoidalarini hurmat qilişimni isbotlaşim kerak edi. Ular bilan kirişib ketganimdan keyin, ular meni hurmat qila boşlaşgaç, özimning kuçli tomonlarimni namoyiş qila boşladim.
Ya'ni öz bilganimdan qolmadim. Agora! Hujum, hujum, hujum! Buffon ozgina baqiradi, ha, mayli, heç narsa qilmaydi.
Bilasizmi, hayot bir doiraga öxşaydi. Men bu argentinaliklardan qutula olmayman. «Barselona»da Messi edi, «Yuventus»da Dibala. Bir paytlar Messida körganim jihatlarni bir kuni Dibalada ham kördim. Bu şunçaki iqtidor emas, ana şu iqtidorning dunyoni zabt etişga bölgan istak bilan qorişib ketgani edi.
Men bir kun yana Çempionlar Ligasini yutiş haqida öylayman. Undan avval, balki 35-sovrinimni qölga kiritarman. Bilaman, heç qaçon tan olişmasa-da, «Barselona» rahbariyati bir kun meni bekorga qöyib yuborganlari haqida öylab, afsuslanişar. Aslida gap bunda emas.
Esingizdami, özimga özim söz bergandim? Dadamni faxrlantirmagunça dalaga qaytmaslik haqida. Oçiği, dadam u qadar hissiyotli odam emas. U bu tuyğuni qaçon his qilgan, his qilganmi, aniq bilmayman. Faoliyatimning köp vaqtida u Braziliyada yaşaşda davom etdi. Ammo 2015 yilda, biz Berlinda Çempionlar Ligasini yutib olganimizda, meni tomoşa qiliş uçun u yerga borgandi. Esimda, taqdirlaş marosimi tugagaç, futbolçilarning oilalariga bağişlangan öziga xos bayram taşkil qilindi. Biz kubokni orzularimiz qadar bizni yetaklagan yaqinlarimizga topşirişimiz kerak edi. Navbat menga kelganida, kubokni otamga tutqazdim va ikkovmiz birgalikda, Çempionlar Ligasi kubogi bilan suratga tuşdik.
Öşanda u portugalçada bir uyatsiz ma'noni anglatadigan söz işlatdi. Hozir tarjima qilib ötirmayman, ammo bu öşa yerda «mening öğlim odam böldi» degan ma'noni anglatardi. Işonasizmi, u xuddi yoş boladek yiğlar edi. Bu men uçun hayotimdagi eng baxtli onlar edi.
Bir kun men balki yana bir finalda maydonga tuşarman. Har galgidek, yana raqib hujumçisining ojiz va kuçli tomonlarini örganaman. Har doimgidek, öyin oldidan yeçiniş xonasidagi oyna qarşisiga boraman va öşa, endi sizga ham taniş bölgan filmni tomoşa qilaman:
Ekran qorayadi va lavhalar boşlanadi...
Ana, mening beton karavotim.
Dori purkaydigan boçkani yelkasiga osib olgan otam.