Qoraqalpoğiston Respublikasi 2017 yilgi paxta topşiriş böyiça şartnoma majburiyatlarini bajardi.  Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xom-aşyosi tayyorlaş töğrisidagi ma'lumotnomada keltirilişiça, qoraqalpoğistonlik paxtakorlar 20 oktabr holatiga köra, davlatga 186 ming 477 tonna paxta topşirgan (reja - 186 ming 200 tonna).

Respublikada paxta sotiş rejasini birinçi bölib Xorazm viloyati bajargandi.

Ayni vaqtda Navoiy, Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlari ham rejaga yaqinlaşmoqda. Sirdaryo, Toşkent va Farğona viloyatlari esa nisbatan ortda qolmoqda.

Respublika böyiça bu mavsumda 3 million 180 ming 700 tonna paxta hosili terib oliş rejalaştirilgan.