Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 oktabr kuni Qirğiziston taşabbusiga köra Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
ÖzA xabariga köra, suhbat davomida Şavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni 15 oktabr kuni Qirğiziston prezidenti saylovi muvaffaqiyatli ötgani bilan tabrikladi.
Davlat rahbarlari yaqinda bölib ötgan oliy darajadagi özaro taşriflar çoğida erişilgan kelişuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oşiriş borasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini an'anaviy döstlik va amaliy ruhda atrofliça muhokama qildi.
Özbekiston—Qirğiziston davlat çegaralarining qolgan uçastkalariga oid tegişli şartnomani huquqiy jihatdan rasmiylaştiriş va imzolaş jarayonini tezroq yakunlaş, şuningdek, çegara ötkaziş punktlarining samarali faoliyatini ta'minlaşdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta'kidlandi.
Transport-kommunikatsiya tizimidagi özaro aloqalar, xususan, şu oyning oxiriga rejalaştirilgan «Toşkent—Andijon—Öş—Irkeştom—Qoşğar» yönalişi böyiça hamkorlikda avtomobil qatnovini sinovdan ötkaziş muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

















