Bugungi kunda quriliş işlari olib borilayotgan Toşkentdagi Milliy boğ hududida quruvçilar tomonidan inson suyaklari topildi. Bu haqda Nuz.uz xabar bergan.

Milliy boğ hududida 13 oktabr kuni poydevor yotqiziş uçun çuqur qazilayotgan vaqtda işçilar inson qoldiqlari – skeletni topişgan. Quruvçilar bu haqda huquqni muhofaza qiliş organlariga xabar berişdi. Suyaklar sud-tibbiy ekspertlari tomonidan tekşiriş uçun olib qöyildi.

Hozirda tezkor xodimlar topilgan inson suyaklarining kelib çiqiş sababini aniqlaşmoqda. Huquqni muhofaza qiliş idoralaridagi manbaning ma'lum qilişiça, hozirgi paytda tekşiruv ötkazilmoqda, uning davomida ekspertlar topilgan suyaklarni tekşiruvdan ötkazişadi va hayotdan köz yumgan insonning şaxsini aniqlaşga harakat qilib körişadi. Mutaxassislar ölim sababi va vaqtini aytişga hozirça qiynalişmoqda.