Madagaskar orolida öpka ölati epidemiyasi avj olmoqda. Bu kasallikdan 94 kişi vafot etdi, hammasi bölib 11153 kişi kasallangani qayd qilingan. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bergan.
JSST Madagaskarga 5 ming kişining davolanişiga yetadigan antibiotiklar, 100 mingga yaqin kişi uçun profilaktik dori vositalari va individual himoya vositalaridan 150 ming komplekt jönatgan. 2 mingga yaqin tibbiy xodim ölat bilan kasallanganlar bilan aloqada bölganlar ortidan kuzatmoqda.
Ta'kidlanişiça, kasallik Madagaskardan taşqariga ham tarqalgan bölişi mumkin.
JSST ma'lumotlariga köra, 2010 yildan 2015 yilgaça orolda ölatdan 584 kişi vafot etgan.
















