Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
San'atkorlar paxta yig‘im-terim ishlariga jalb etildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Kuni kecha O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda paxta yig‘im-terimi mavsumini ko‘tarinki darajada davom ettirish, unda san'atkorlarning ishtirokini ta'minlash bo‘yicha Madaniyat vazirligiga alohida topshiriq berilgandi. Oradan bir necha kun o‘tib, internet sahifalarida taniqli san'atkorlarning qo‘lida paxta tutib turgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi.
Toshkent shahrining Bektemir tumanida “2017 yil paxta hosilining “Zarbdor” o‘ttiz kunligiga munosib hissamizni qo‘shaylik” shiori ostida paxta yig‘im-terimi hasharchilari safida ham 100 ga yaqin san'atkorlar, ularning fan klub a'zolari mehnat qilishmoqda.
O‘zbekiston xalq artistlari Mahmud Namozov, Yulduz Usmonova, G‘ulomjon Yoqubov, xizmat ko‘rsatgan artistlar Mavluda Asalxo‘jayeva, Ilhom Farmonov, Ziyoda, Alisher Fayz, Rayhon, “Handalak” qiziqchilari Zokir Ochildiyev va Ortiq Sultonov, so‘z ustasi Valijon Shamsiyev, aktrisa Halima Ibragimova, estrada xonandalari Shahzoda, Umidaxon va yana ko‘plab yosh san'atkorlar paxta terimi davom etayotgan dalalarda suratga olingan turli fotolarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylab bormoqda.
P.S. KUN.UZ paxta yig‘im-terim ishlariga chiqqan san'atkorlar mavzusiga yana qaytadi.
Mavzuga oid
12:49 / 10.12.2025
O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi yetishtirishda yuqori natijalar qayd etildi
11:02 / 10.12.2025
Paxta va g‘allachilikda hosildorlik oshiriladi: prezident qarori qabul qilindi
08:41 / 10.12.2025
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
01:25 / 07.11.2025