O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20 oktabrdagi qarori bilan kam ta'minlangan oilalarni bandlik bilan ta'minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Hujjat bilan kam ta'minlangan oilalarni bandlik bilan ta'minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan kam ta'minlangan oilalarga ularning oilalarini yetarli darajada ta'minlash imkonini beradigan imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar ajratuvchi tijorat banklarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab berishi ma'lumot uchun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga muayyan mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan kam ta'minlangan oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar ajratuvchi tijorat banklari belgilangandan so‘ng, ularning ro‘yxatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etildi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Qo‘chqorov zimmasiga yuklandi.

Nizomga ko‘ra, mikrokreditlar qarz oluvchilarga:

tikuv mashinalari, matolar va boshqa sarf materiallari, kosibchilik faoliyati uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat bilan bandlikni ta'minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish;

shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik-issiqxonalar barpo etish, chorva mollari, parranda sotib olish, og‘ilxona va tovuqxona qurish, bog‘dorchilik inventarlari va asboblari xarid qilish) maqsadlari uchun ajratiladi.

Mikrokreditlar banklar tomonidan qarz oluvchilarga eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha yillik 4 foiz stavkada ajratiladi.

Qarz oluvchilarga mikrokredit qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bank kredit qo‘mitasining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori asosida beriladi.
 
Mikrokredit olish uchun qarz oluvchi tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun mikrokredit olish uchun so‘ralgan ariza;