RF prezidenti saylovlarida qatnaşiş rejasi haqida e'lon qilgan teleboşlovçi Kseniya Sobçak Rossiyaning Qrimga nisbatan xatti-harakatlarini noqonuniy deb hisoblaydi. Bu haqida u 24 oktabr kuni özining matbuot anjumanida ma'lum qildi. Sobçakning çiqişi «Otkrytaya Rossiya»ning YouTube-kanalida töğridan-töğri uzatildi.
"Xalqaro huquq nuqtai nazaridan olib qaraganda, Qrim — Ukrainaga tegişli... Biz öz sözimizda turmadik va 1994 yilgi Budapeşt memorandumini buzdik. Biz va'da berdik va unga vafo qilmadik", - dedi Sobçak.
U mazkur vaziyat bundan keyin ham muhokamalar va murosalar talab qilişini qayd etdi.
24 oktabr kuni teleboşlovçi Kseniya Sobçakning saylov oldi ştabiga siyosatşunos, NTV hammuassisi Igor Malaşenko rahbarlik qilişi ma'lum qilindi.
Kseniya Sobçak davlat rahbari lavozimi uçun kuraşiş niyati haqida 18 oktabr kuni e'lon qildi.













