Kompaniyalar 5G standarti va "Avtomobil uçun hamma narsa" (Vehicle-to-Everything) ma'lumotlar almaşinuv texnologiyasi ustida birga işlaydi

LG Electronics (LG) kompaniyasi avtomobillar uçun qator yangi avlod aloqa texnologiyalarini işlab çiqariş maqsadida Qualcomm bilan hamkorlikni boşlagani haqida e'lon qildi. Şuningdek ular transport vositalari va avtomobillar hamda transport infratuzilmasining boşqa obektlari örtasida ma'lumotlar almaşinuvi texnologiyalari uçun 5G standarti ustida işlaş maqsadida Janubiy Koreyada C-V2X (CellularVehicle-to-Everything) qöşma tadqiqot markazini oçişni rejalaştirmoqda. Bu kelgusi avlodning mustaqil boşqaruvli avtomobillaridan muvaffaqiyatli foydalaniş uçun zarurdir.

Mobil innovatsiyalar sohasida tan olingan yetakçilar - LG va Qualcomm ikki kompaniyaning önlab yillar davomida töplangan muvaffaqiyatli tadqiqotlar va işlanmalari, şu jumladan 5G mobil texnologiyalariga oid bilimlari tajribasini birlaştiradi. Bu tarmoqqa töliq ulangan avtomobillarni yölga qöyişda hayotiy muhim ahamiyatga ega. LTE imkoniyatlarini beş karra yuqori aloqa tezligi va kutiş vaqtining 10 karra kamayişiga erişuvçi 5G standart tarmoqlari ma'lumotlarni real vaqt rejimida zarur bölgan tezlikda yetkaza oladi.

3GPP (ThirdGenerationPartnershipProject) konsorsiumi standartlariga kiritilgan C-V2X texnologiyasi DSRC (qisqa masofaga möljallangan maxsus aloqa)dan kamroq xarajatlar bilan mavjud mobil aloqa tarmoqlariga nisbatan ikki barobar köproq iş davomiyligi bilan ta'minlaydi. Yevropa va Osiyoning ba'zi mamlakatlarida sinovlar va standartizatsiya jarayonlari keçmoqda, ommaviy yölga qöyiş esa 2020 yilga möljallangan. V2X-innovatsiyalar sohasida katta tajribaga ega bölgan LG Electronics kompaniyasi 2013 yildan buyon jadal ösib kelayotgan integrallaşgan ma'lumotlarni almaşiş va qayta işlaş bozorida yetakçi örinlarni egallab kelmoqda.

"LG kompaniyasi Qualcomm'ning LTE'dan to 5Ğgaça bölgan ilğor avtomobillar uçun aloqa texnologiyalari sohasidagi boy tajribasini uyğunlaştiriş natijasida kelgusi avlod avtomobil qurilmalarini işlab çiqarişni boşqarişni rejalaştirmoqda, - deydi LG kompaniyasining "aqlli" avtomobil qurilmalari bölimi vitse-prezidenti Kim Jin Yon. - Işonçimiz komilki, Qualcomm va LG tadqiqotlar ötkazişda sa'y-harakatlarni birlaştirib, uşbu hamkorliksiz imkoni bölmagan muvaffaqiyatlarga erişa oladi".

"Bizning LG bilan ötmişdagi uzoq va sermahsul  hamkorligimizning töğridan-töğri davomi bölgan C-V2X texnologiyalarini joriy qilişga doir bu qöşma loyiha xavfsiz avtonom transport vositalarini işlab çiqişga oid ilğor qarorlarni işlab çiqiş tamoyillariga sodiqligimizni yaqqol namoyiş etadi, - deydi Qualcomm Technologies, Inc. mahsulotlarini boşqariş böyiça vitse-prezident Nakul Duggal. - Avtomobil sanoatining 5G standarti tomon işonçli harakatini inobatga olib, biz zamonamiz haydovçilarining ehtiyojlarini qoniqtiriş maqsadida LG kompaniyasi bilan yanada yaqinroq hamkorlik qiliş imkoniyatlarini sabrsizlik bilan kutib qolamiz".