Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi örtasida Özbekistondan töqimaçilik mahsulotlari yetkazib beriş uçun «yaşil yölak» yaratiş borasida işlar olib borilmoqda.

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi vakili Yevgeniy Rijovning Toşkentda 23 oktabr kuni boşlangan Xalqaro paxta yarmarkasi doirasidagi majlisda ma'lum qilişiça, bunday «yaşil yölak» Özbekistondan kulrang va qora importning oldini oladi.

«Biz «yaşil yölak» yaratiş orqali Özbekistondan paxta va töqimaçilik mahsulotlari noqonuniy importiga çek qöymoqçimiz. Bunday mahsulotlar hajmi hozirça köp», — degan u.

U paxta va töqimaçilik mahsulotlari uçun bojxona rasmiy jarayonlari maksimal darajada qulaylaştiriladi. Mahsulotlar kerakli joyga, Rossiya töqimaçilik markaziga aylangan Ivanovo viloyatiga yetib borganidan söng bojxona körigidan ötadi.

Rijov keyingi ikki yilda Özbekistondan Rossiyaga töqimaçilik mahsulotlari yetkazib beriş hajmi sezilarli darajada oşganini qayd etgan. 

«Endi gap paxta tolasi haqida emas, tayyor mahsulotlar, sifatli mahsulotlar haqida ketmoqda», — deya qöşimça qilgan u.