Fors körfazida inqiroz davom etişi mintaqadagi davlatlar va xalqlar uçun vayronkor oqibatlarga olib keladi, deb aytdi Kuvayt şayhi Saboh al-Ahmad as-Saboh.

Uning aytişiça, Fors körfazida çözilib ketgan inqiroz çuqurlaşiş tendensiyasiga ega. 

"Biz bu turdagi tendensiyalarning xavfini anglaşimiz darkor, u mintaqaviy va xalqaro ixtiloflar vaqtida keskinlikni yanada kuçaytirişi mumkin. Inqiroz Fors körfazi davlatlari va xalqlari uçun öta vayronkor oqibatlarga olib kelişi mumkin", deb aytgan as-Saboh.

As-Sabohning aytişiça, Kuvayt mintaqada parçalaniş bölmasligi uçun Qatar va arab davlatlari örtasidagi ixtilofni tartibga solişda vositaçilik qilmoqda.

Amirning aytişiça, uzoq davom etayotgan inqiroz tufayli Fors körfazi arab davlatlari hamkorligi ligasi parçalanib ketişiga şaroit vujudga kelmoqda.

5 iyunda Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviyaning muvaqqat hukumati, Maldiv, Mavrikiy Doha bilan diplomatik aloqlarni uzişini e'lon qilgan.   

Keyinroq Doha bilan diplomatik aloqalarni uzgan 4 arab davlati Qatarga 13 ta talabdan iborat röxaytni topşirgan. Qatar bu talablarni bajarib bölmas deb atagan.