Ma'lumki, 24 oktabr kuni BMT kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann bir qator dolzarb savollarga javob qaytardi.

Yaqinda YUNISEF vakillari voyaga yetmaganlar uchun koloniya va ahloq tuzatish muassasalariga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrifdan maqsad nima edi? YUNISEF yopiq muassasalardagi bolalarning huquqlari amalga oshishiga qanday yordam beradi?
YUNISEFga O‘zbekistondagi balog‘atga yetmagan bolalar axloq tuzatish muassasalariga birinchi bor kirish imkoni berildi. YUNISEF bu muassasalarga kirish imkoni ozodlikdan mahrum qilingan bolalar huquqlarini yanada yaxshiroq himoya qilishdagi birinchi qadam bo‘ladi deb umid qilmoqda. YUNISEF ushbu dolzarb masala bo‘yicha hukumat bilan hamkorlikni davom yettirishga tayyordir. YUNISEFning tashrifi balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov tizimini yanada mustahkamlash va bolalar huquqlarini yanada yaxshi himoya qilish edi. Bunga mamlakatning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli tavsiyalariga muvofiqligini ta'minlash kiradi.

Ushbu muhim sohada hukumat bilan ishlashni davom ettirishga tayyormiz. Qonun bilan ziddiyatda bo‘lgan bolalarga nisbatan yondashuvni isloh qilish YUNISEFning butun dunyodagi hukumatlarga ko‘rsatayotgan yordamining tamal toshidir.

Bosh prokuratura, Xalq ta'limi vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga ana shu tashrifni uyushtirganlari uchun minnatdorchilik izhor etamiz.

Prezident mamlakat ravnaqida yoshlar ishtiroki alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. YUNISEF bu borada Hukumat sa'y-harakatlarini qanday qo‘llab-quvatlashi mumkin?

Aholisining 60 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar ekan, yoshlarning ijobiy rivojlanishi O‘zbekiston uchun juda muhimdir.  Hozirda bolalar va yoshlarga investitsiya qilish nafaqat ularning tarixda hali bo‘lmagan mehnat bozorini tashkil qilish, balki ular mamlakatnini rivojlanishning keyingi bosqichiga olib chiqishlarini ta'minlaydi. Darhaqiqat, bolalar va yoshlarning huquqlarini amalga oshirish O‘zbekistonning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarish demakdir. Bu ishda Yoshlar ittifoqi muhim rol o‘ynaydi.

Biz Yoshlar ittifoqi bilan ijobiy dialogni boshladik. YUNISEF Hukumatga uning rejalarini amalga oshirish uchun yordam bera oladigan bir necha sohalarni belgilab oldik.

Prezident ta'kidlaganidek, yoshlarning mustahkam poydevori bolalik davrida quriladi. YUNISEF bolalar huquqlarini amalga oshirishda Hukumatni faol qo‘llab quvvatlaydi.  YUNISEF hayotning ikkinchi o‘n yilligi, yoshlikning birinchi bosqichi bo‘lgan o‘smirlikka ko‘proq e'tibor bermoqda.