2017 yilning noyabrida «Özbekiston havo yöllari» MAK Amritsar (Hindiston) va Istanbul (Turkiya) şahriga muntazam parvozlarning qöşimça çastotalarini joriy etişni rejalaştirmoqda.

«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi 2017 yilning 1 noyabridan Toşkent-Amritsar-Toşkent yönalişi böyiça yana qöşimça ikkita muntazam reys çastotasini yölga qöyadi.

Reyslar çorşanba va payşanba kunlari zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oşiriladi.

16 noyabrdan boşlab, aviakompaniya Samarqand-Istanbul-Samarqand yönalişi böyiça muntazam reyslarning ikkinçi çastotasini joriy etadi.

Parvozlar payşanba kunlari zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oşiriladi.