Braziliya prezidenti Mişel Temer harbiy gospitaldagi jarrohlik markaziga yotqizildi. Bu haqda Globo xabar tarqatmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, uning şifoxonaga yotqizilişi avvalgi xastaliklari bilan boğliq emas.
Ötgan oyda Braziliya prezidentiga nisbatan yangi ayblovlar ilgari surilgandi. U sudlovga tösqinlik va reketda ayblangan.
Mazkur ayblovlar ham dunyodagi yirik JBS SA göştni qayta işlaş konserni egalari körsatmalariga asoslangan. Ular oldinroq Temerni siyosiy kömak evaziga poraxörlik va guvoh sukutini sotib olişga urinişda ayblagandi. Prezidentning özi qonunbuzilişlariga aloqadorligini qat'iyan rad etdi.
Braziliya parlamenti komissiyasi prezidentga nisbatan ayblovlarni qöllab-quvvatlamadi.

















