«Özavtosanoat» AJ hamda GM kompaniyasi yangi «GM Uzbekistan Alyansi» taşkil etiş böyiça qaror qabul qildi. Bu Özbekistonning ösib borayotgan avtomobil sanoatining talablariga javob beradigan yangi hamkorlik platformasi sanaladi. «Özavtosanoat» AJ hamda GM kompaniyasi «Chevrolet» va «Ravon» brendlari ostida savdoni rivojlantiradi, deb xabar beradi «GM Uzbekistan» QK jamoatçilik bilan işlaş xizmati.
«Özavtosanoat» AJ va GM kompaniyasi Özbekiston avtosanoati rivojlantiriş maqsadida taşkil etilayotgan yangi Alyans doirasida hamkorlikdagi faoliyatini amalga oşiradi. «GM Özbekiston Alyansi» mamlakatimiz avtosanoati mustaqil ravişda faoliyat yuritişiga öz hissasini qöşadi.
«GM Uzbekistan Alyansi» doirasida «Özavtosanoat» AJ hamda GM kompaniyasi Özbekistonda avtomobillar va dvigatellarini işlab çiqariş, hamda içki va taşqi bozorda «Chevrolet» va «Ravon» brendlari ostida avtomobil savdosi böyiça hamkorlikni davom ettiradi.
2007 yildan buyon «Özavtosanoat» va GM kompaniyasining özaro hamkorligi yurtimizda avtomobil işlab çiqariş hajmini ikki barobarga oşişini ta'minladi. Hamkorlik doirasida mahalliy yetkazib beruvçilar tarmoğini kengaytiriş, mahalliy xodimlarning salohiyatini oşiriş, içki va taşqi bozorlardagi mijozlarga yuqori sifatli avtomobillar yetkazib beriş böyiça keng kölamdagi işlar amalga oşirildi.
«Özavtosanoat» AJ va GM kompaniyasi fikriça, munosabatlarning yangi şakliga ötiş sönggi 10 yil davomidagi sohaning rivoji va uning salohiyati oşganligini aks ettiradi. Özaro munosabatlarning qöşma korxona şaklidan «GM Uzbekistan Alyansi» sifatida qayta tuzilişi Özbekiston milliy avtosanoati mustaqil ravişda faoliyat yuritişini ta'minlaydi.
Tomonlar yangi turdagi mahsulotlarni özlaştiriş böyiça tasdiqlangan loyihalar ustida işlaşda davom etadi. «GM Uzbekistan Alyansi» doirasida tomonlar şuningdek MDH va yangi bozorlarda eksportni kengaytiriş masalalarini örganişadi.
Alyans GM kompaniyasining avtomobil texnologiyalari va nou-haularidan foydalanişni ta'minlaydi.

Alyans doirasida «Özavtosanoat» AJ avtomobil va dvigatellarni işlab çiqariş böyiça operatsion faoliyat, şu jumladan taşqi bozorda GM mahsulotlari uçun «Ravon» brendini dunyoga tanitiş böyiça nazoratni töliq öz zimmasiga oladi. «Özavtosanoat» AJ hamkorlikdagi faoliyat poydevori böladigan «Chevrolet» avtomobillarini işlab çiqariş va mamlakatimiz içki bozorida sotişni davom etadi, «Ravon» brendining taşqi bozorga yetkazib beriş esa kengaytiriladi.

















