Rifat öşa kuni Muborak tumani “Qarliq” qişloğidagi bozorda aylanib yurgandi. Nima böldi-yu, bozor yonida turgan “Vaz-21011” avtomaşinasi yonida uymalaşib qoldi. Maşina oynasidan içkariga köz taşlagan Rifatning xayolini unga örnatilgan magnitofonni öğirladi-qöydi. Bir zumda “Pioner” rusumli magnitofon, maşina egasining qöl telefoni va 2 million söm pul “ğoyib böldi”, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Ammo “öğrigina bola” uzoqqa bora olmadi. Qilmişi uçun sud oldida javob berişiga töğri keldi. Jabrlanuvçi, Koson tumani Muğjagul qişloğida yaşovçi Eldor Uluğov yaraşuv töğrisidagi arizasini taqdim etib, Rifat qilmişi uçun undan keçirim söragani, yetkazilgan moddiy zararni töliq qoplanganligi sababli ular özaro yaraşib ketişganligini, Jinoyat kodeksining tegişli moddasi asosida jinoyat işini yaraşuv asosida tugatişni söradi.
Sudlanuvçi, endi ön sakkiz yoşni qarşilagan Rifat Xolmurodov aybiga iqrorlik va puşaymonlik bildirdi.
Muborak tuman sudi Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan ajrim qildi. Sudlanuvçi Rifat Xolmurodovning qilmişiga oid jinoyat işi harakatdan töxtatildi.
Şu örinda bir mulohaza. Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining 4-qurultoyida sözlagan nutqida yoşlar örtasida jinoyat sodir etiş holatlari köpayib borayotganini taşviş bilan qayd etdi.
Rifat ham ana şunday yoşlardan biri. Jinoyat sodir etgan paytida Kasbi tumanidagi Maymanoq sanoat kasb-hunar kollejida tahsil olayotgandi. “Tahsil olayotgandi” degan gap bu yerda biroz nisbiyroq qöllanildi. Çunki u öşa kuni bozorda emas, Maymanoqdagi kollejda – darsda bölişi kerak edi. Ammo na uyidagilari, na kollejdagilar uning qayerda, nima qilib yurganligi bilan qiziqişmagan.
Jinoyat işi-ku, harakatdan tugatildi, biroq tarbiya işidagi harakat bir zum ham töxtamasligi zarur.
Xulosa aniq – tarbiyada bir daqiqa bölsin, loqaydlikka yöl qöyib bölmaydi. Bu borada oilada, ta'lim muassasasida, mahallada hamkorlik asosida qat'iy nazorat yölga qöyilişi şart. Şundagina yoşlarimiz jinoyat köçasiga aslo kirişmaydi.
















