Misr sudi payşanba kuni sobiq prezident Muhammad Mursiyning öğli Usama Muhammadni qurol saqlaşda aybdor deb topib, uç yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. Bu haqda “Masravi” yangiliklar portali xabar bermoqda.

Mursiyning öğli ötgan yilning dekabrida politsiya tomonidan qölga olingandi. Öşanda unga 2013 yilda radikal kayfiyatdagi şaxslarni hokimiyatdan çetlatiş kunlarida zöravonlikka undaş böyiça ayblov qöyilişi mumkinligi xabar berilgan.

2013 yilning iyulida Misr armiyasi xalq noroziligi fonida prezident Mursiyni hokimiyat tepasidan çetlatdi va ötiş davri haqida e'lon qildi. Mursiy tarafdorlari uni davlat rahbari lavozimiga qaytariş böyiça ommaviy norozilik namoyişlari ötkazişgan. Namoyişlardan söng yuz bergan tartibsizliklar hamda töqnaşuvlar oqibatida yuzlab misrliklar halok böldi.