Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva hokimi migrantlar uchun patent narxini oshirish taklifi bilan chiqdi
Rossiya poytaxti Moskva shahri hokimi Sergey Sobyanin migrantlar uchun patent narxini oshirish taklifi bilan chiqdi. Bu Rossiya poytaxtiga kelayotgan migrantlar oqimini ushlab turish uchun kerak. Uning fikricha, Moskvada migrantlar sonini kamaytirish lozim, deb xabar bermoqda TASS.
"Biz shaharda migrantlar bo‘lmasligi, shahardagi barcha ish moskvaliklar tomonidan bajarilishini xohlaymiz, biroq bizda ish o‘rinlari profitsiti – 2 mln. Buni moskvaliklar hattoki istashsa ham, jismonan bajara olishmaydi", - deya ma'lum qildi u Moskva shahar dumasidagi har yillik hisobot paytida.
“Albatta, biz shaharda migrantlarning ishlashi-yashashi maqbulligini ta'minlash uchun harakat qilishimiz kerak. Shuning uchun patent tizimini joriy qildik, va bugungi kunda migrantlar neft kompaniyalaridan ko‘ra byudjyetga ko‘proq to‘lashmoqda, hamda bu daromadning yana bir manbai. Joriy yilda, mening fikrimcha, migrantlarga patentlar narxini oshirish mumkin, bu ularning to‘lovlari bizning moskvalik ishchilar to‘layotgan pul bilan mos kelishi uchun kerak", - deya ma'lum qildi Sobyanin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda shaharda rasman ro‘yxatga olingan 20 ming ishsiz moskvaliklarga 170 ming kishiga mo‘ljallangan ish takliflari bor. Sobyanin bu narxni qanchaga oshirish lozimligiga aniqlik kiritmadi.
Avvalroq 2018 yilda Sankt-Peterburgda mehnat migrantlari uchun patent narxi ko‘tarilishi xabar qilingandi. Ma'lum bo‘lishicha, patent narxi 500 rublga qimmatlashadi hamda oyiga 3,5 mingni tashkil etadi. Shu tariqa, migrantlar yiliga 42 ming rubl to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026