Kanadaning Air Canada samolyoti uçuvçilari AQŞning San-Frantsisko şahri aeroporti dispetçerlari ularni qönmaslik haqida 6 marta ogohlantirişlariga qaramay, qönişga qaror qilişgan. AQŞ federal aviatsiya boşqarmasi ma'lumotlariga köra, uçuvçilarning bu "bepisandligi" halokatli yakunlanişi mumkin edi.

TASS axborot agentligining ma'lum qilişiça, favqulodda vaziyat 22 oktabrda yuz bergan. Monrealdan 781-sonli reysni amalga oşirayotgan samolyotga dastlab San-Frantsisko aeroportiga qönişga ruxsat berilgan, biroq dispetçerlar birozdan keyin uçuvçilarga uçiş-qöniş yölkasida boşqa samolyotlar bölmasligini kutib turiş uçun havoda aylanib turişni buyurişgan. Biroq samolyot ekipaji ogohlantirişga javob bermay, qönişni amalga oşirgan. Ta'kidlanişiça, baxtli tasodif tufayligina heç kim jabrlanmagan..