Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi Turkiya Iste'molçilar huquqlari assotsiatsiyasi taklifiga binoan uşbu mamlakatda böldi.
ÖzA xabariga köra, taşrif doirasida Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi va Turkiya Iste'molçilar huquqlari assotsiatsiyasi vakillarining uçraşuvi bölib ötdi. Unda mamlakatimizda iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan tizimli işlar haqida ma'lumot taqdim etildi, özaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbirda Turkiya Iste'molçilar huquqlari assotsiatsiyasi rahbari T.Çakar assotsiatsiya faoliyati haqida sözlab berdi. Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov mamlakatimizda nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilayotgani, 2014 yilda qabul qilingan “Ijtimoiy hamkorlik töğrisida”gi qonun davlat idoralari bilan nodavlat taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni tartibga soluvçi huquqiy baza bölib xizmat qilayotganini ta'kidladi.
Muzokara yakunida özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. Mazkur hujjatda qöşma loyihalar va dasturlarni amalga oşiriş, tajriba almaşiş maqsadida ekspertlar va delegatsiyalar almaşiş, qöşma işçi guruhi, muvofiqlaştiriş va maslahat kengaşlari tuziş, simpozium va seminarlar ötkaziş va boşqa masalalar közda tutilgan.
Özbekiston delegatsiyasi a'zolari, şuningdek, Turkiya Iste'molçilar huquqlari assotsiatsiyasining Anqara va Istanbul şaharlaridagi bölinmalari faoliyati bilan tanişdi.


















