Borovskiy nomidagi Toşkent tibbiyot kollejida yuz bergan mudhiş voqea yuzasidan davlat ayblovçisi Baxtiyor Akromov sudlanuvçi Islombek Tölaganovni marhum Jasurbek Ibrohimovga qasddan oğir tan jarohat yetkazganida ayblab, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etişni söradi.
Joriy yilning 24 oktabr kuni sud majlisining navbatdagi qismida, davlat ayblovçisi Islombek Tölaganovning mazkur işda aybdor, deb topib, uni olti yil umumiy tartibdagi qamoqxonada jazo muddatini ötaşni söragan. Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam markazi, 7-, 1- va 2-poliklinika tomonidan taqdim etilgan kasallik varaqasi hamda tibbiy xulosaga köra, Jasurbek Ibrohimovning ölimiga badaniga yetkazilgan oğir tan jarohati sabab bölgani aniqlangan.
Şunday qilib, sudlanuvçi Islombek Tölaganov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandida qayd etilgan jinoyatni amalga oşirganlikda ayblanmoqda. Keyingi sud majlisi 27 oktabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan.
















