Madagaskarda avj olayotgan ölat qöşni töqqizta davlatga kirib kelişi hamda butun dunyo böylab tarqalib ketişi mumkin, deya ogohlantirmoqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST). Katta xavf bu kasallikning yengil şaklidan keladi, u insondan insonga havo-tomçi yöli bilan yuqadi.
Bugungi kunda bu juda xavfli xastalikdan halok bölganlar soni 124 kişiga teng, u yana 1300 dan ortiq insonga yuqib ulgurgan. Hamda, ekspertlarning fikriça, bu raqamlar faqat ösib boradi, çunki bemorlarning uçdan ikki qismi ölatning aynan öpka şakli bilan kasallangan, deb xabar bermoqda The Sun.
"Garçi qora ölat holatlari Madagaskarda deyarli har yili qayd etilsa ham, bu epidemiya ança xavfliroq", - deya ma'lum qildi Qiziq Xoç va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro federatsiyasi boş kotibi Alxoj As Si.
Ölat belgilariga kutilmaganda yuz beruvçi bezgak, boş va tanadagi oğriqlar, köngil aynişi hamda qayd qiliş kiradi, biroq inkubatsiya davrida kasallik umuman sezilmaydi. Kasallanganlar esa atrofdagilarga xavf tuğdirişlari mumkin ekanini xayollariga ham keltirmaydilar, samolyotlarda safar qiliş ölatni butun dunyoga tarqatib yuborişi mumkin.
JSST Madagaskar yonida joylaşgan töqqiz davlat uçun ogohlantiriş e'lon qildi. Bugungi kunda Efiopiya, Keniya, Tanzaniya, Mozambik, JAR va qator orol davlatlar zarba ostida qolgan.

















