1963 yilda suiqasd uyuştirilgan AQŞning sobiq prezidenti Jon Kennedining öldirilişi bilan boğliq 3 mingga yaqin hujjat ilk bor e'lon qilindi. 2891 ta hujjatdan iborat ma'lumotlar bazasi AQŞning Milliy arxivlar saytida joylaştirilgan.
Bu Kennedining öldirilişi bilan boğliq hujjatlarning navbatdagi qismidir, avvalgisi 24 iyulda e'lon qilingan va 3,9 ming hujjatdan iborat bölgan. Yana bir neça ming hujjat 2018 yil apreligaça oşkor etiladi, deb ma'lum qildi Oq uy.
AQŞ prezidenti Donald Tramp jamiyat Kennedining öldirilişi haqida batafsil ma'lumotga ega bölişga haqli ekanini aytgan. Şu bilan birga Tramp milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan tegişli idoralarga hujjatlar matnining ba'zi joylarini özgartirişga ruxsat berişdan boşqa iloji yöqligini ta'kidlab ötgan.













