Suriya prezidenti Başar Asad 26 oktabrda Suriya armiyasi va ittifoqdoşlarining terrorçilar bilan kuraşdagi muvaffaqiyatlari mamlakatdagi vaziyatni tartibga soliş böyiça siyosiy sa'y-harakatlarga sekin-asta asos tayyorlaşini aytdi.
Asad şu sababli Damaşq konstitutsiyaga yangi tuzatmalar işlab çiqilgungaça va parlamentga yangi saylovlar ötkazilgungaça "milliy yaraşuv va Suriyada milliy muloqot kongressi vositasida barça tomonlar örtasida muloqot"dan iborat siyosiy sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini" ta'kidlab ötdi. 2016 yil Asad Suriyada siyosiy ötiş amaldagi konstitutsiya bilan ötişi kerakligini aytgandi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi barça milliy va diniy guruhlar, hukumat va muxolifat iştirokida Suriya xalqlari kongressi ötkazilişi ğoyasini bildirgandi.
Asad, şuningdek 26 oktabrda Rossiya prezidentining Suriyadagi vaziyatni tartibga soliş böyiça maxsus vakili boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.
Asad matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, tomonlar Suriya hukumat kuçlari va uning ittifoqdoşlarining terrorçilar ustidan ğalabasi va Suriya böyiça Ostonada 30-31 oktabrda ötkazilişi rejalaştirilgan muzokaralarning navbatdagi raundiga tayyorgarlik, bu muzokaralarda muhokama qilinadigan mavzularni muhokama qilişdi.













