Avval xabar qilinganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan 2017 yil 25-26 oktabr kunlari davlat taşrifi bilan Turkiyada böldi. 

Davlat rahbari rasmiy saytining xabar berişiça, Şavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni kunning ikkinçi yarmida Istanbul şahriga taşrif buyurdi. U yerda Özbekiston Respublikasi prezidenti va Turkiya Respublikasi boş vaziri Binali Yildirim iştirokida ikki mamlakat moliya va işbilarmon doiralari uçraşuvi bölib ötdi. 

Uçraşuvda oliy darajadagi muloqotlar samarasida Özbekiston va Turkiya örtasida imzolangan hujjatlar ulkan ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Şuningdek, 26 oktabr kuni Istanbulda ötkazilgan ikki mamlakat işbilarmon doiralari biznes-forumida yirik energetika obektlari va yöl infratuzilmalarini quriş, töqimaçilik mahsulotlari, elektr jihozlari, quriliş materiallari işlab çiqariş, oziq-ovqat va agrosanoat tarmoğida zamonaviy sanoat va logistika markazlari taşkil etiş sohalarida 3,5 milliard dollar hajmidagi 30 dan ortiq loyiha böyiça bitimlar imzolangani ta'kidlandi. 

Prezident yaqin yillarda Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmini 3-4 milliard dollarga yetkaziş böyiça kelişuvga erişilgani, bu ikki mamlakat işbilarmonlari uçun keng imkoniyatlar yaratişini ta'kidladi.