«Mançester Yunayted» yoş hujumçisi Markus Reşfordni «Real»ga qöyib yuborişga tayyor, deb yozadi Daily Express.
Buning uçun esa, madridliklar Marko Asensioni ingliz jamoasiga berişlari talab etiladi. Ispaniyalik yoş yulduz Çempionlar Ligasi va Ispaniya superkubogidagi öyinlaridan keyin Madridning bölajak yulduzi sifatida e'tirof etilgan va muxlislar yoqimtoyiga aylangandi. Ammo Asensio özining «Real»dagi holatidan qoniqmayapti va imkon qadar köproq, muhimroq öyinlarda asosiy tarkibda tuşişni istamoqda.
Markus Reşfordning Mançesterdagi holati ham «adaşi»nikiga öxşab ketadi. Töğri, Mourino unga köproq imkoniyat taqdim etmoqda, lekin Reşfordni asosiy tarkibning alşmaştirib bölmas vakili deyiş qiyin va muhim öyinlarda unga işonç bildiriş uçun, ayni palladagi holati mukammal bölişi talab etiladi. Zero, hujumçi pozitsiyasida teginilmaydigan futbolçi - Romelu Lukaku bor. Qanotlarda esa, Reşfordga yana bir iqtidorli hujumçi Antoni Marsiyal raqobat qiladi. Agar Zlatan Ibrahimoviçning ham tez kunlarda qaytişi inobatga olinsa Reşfordning maydondagi daqiqalari yanada kamayişini taxmin qilsa böladi.
«Mançester Yunayted» Asensioga bölgan qiziqişini yaşirmayapti. Öz navbatida, «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Madridga aynan Reşfordni olib keliş lozimligini rahbariyatdan sörayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Futbolçilarning jamoadagi vaziyati bu almaşuvning mantiqli ekanini anglatsa-da, yakunda, bu kelişuv haqiqatdan yiroq bölişi mumkinligini aytsa böladi. Birinçidan, Asensioning Mançesterga, Reşfordning Madridga köçib ötişi ularning öyin daqiqalari bilan boğliq muammolari yeçilişini kafolatlamaydi. Zero «MYu»da ham, «Real»da ham uşbu futbolçilar töp suradigan pozitsiyalar uçun raqobat yetarliligaça qoladi.
Ikkinçidan, bu futbolçilar «Old Trafford» va «Bernabeu»ning eng yoqimtoy futbolçilari sanalişadi. Noma'lum istiqbol uçun ulardan voz keçilişi klubning, murabbiylarning muxlislar oldidagi imijiga salbiy ta'sir körsatişi aniq.
Uçinçidan, bu futbolçilar hali juda yoş. Vaqt ötgan sari tajriba töplab boriş va buni ortiqça bosimlarsiz amalga oşiriş uçun bugungi holatlari juda qulay. Buning ustiga, har ikki klubda Kriştianu Ronaldu, Beyl, Mata, Ibrahimoviç kabi yoşi kattaroq futbolçilar borki, yaqin kelajakda öz örnilarini yoşlarga böşatişlari aniq, bu örinlar uçun esa, tilga olinayotgan yoşlar asosiy nomzod sifatida qaralayotganini ta'kidlaş kerak.













