Saudiya Arabistonining eng yirik Public Investment Fund (PIF) suveren fondi britaniyalik milliarder Riçard Brensonning Virgin Group kosmik kompaniyalar guruhiga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi. Bloomberg şu haqida ma'lum qildi.
Sarmoya Virgin Group'ning uç şö'ba tuzilmasiga yönaltiriladi: Virgin Galactic kosmik turistik kompaniyasi, kosmik qurilmalar qurilişi bilan şuğullanuvçi Spaceship va unça katta bölmagan sun'iy yöldoşlarni kosmosga çiqarişga ixtisoslaşgan Virgin Orbit. Kelişuv şuningdek 480 million dollar hajmidagi qöşimça sarmoyalar imkonini ham közda tutadi.
Virgin Galactic hozirda ikki uçuvçi va olti yölovçini taşiy oluvçi SpaceShipTwo kemasi ustida işlamoqda. Kompaniya undan kosmosga çiqişda foydalanişni rejalaştirmoqda.
Saudiya Arabistoni Virgin'ning odamlarni kosmosga yöllaş va sun'iy yöldoşlarni orbitaga çiqarişga doir rejalarini qöllab-quvvatlamoqda. Kompaniya bilan hamkorlik mamlakatga kosmos bilan boğliq köngiloçar hordiq tizimini yölga qöyiş imkonini beradi, deyiladi fond bayonotida.
Brensonning sözlariga köra, PIF investitsiyalari Virgin Group'ga kosmik parvozlar dasturini tezlaştiriş va yangi avlod sun'iy yöldoşlarini işga tuşirişga tayyorlaniş imkonini beradi. Uning ta'kidlaşiça, Virgin Galactic bir neça oy ötib, sayyohlarni kosmosga yöllaşi mumkin.
PFI'ga köra, Saudiya Arabistoni investitsiyalar evaziga Virgin Group va Aabar Investments (Abu-Dabi) bilan bir qatorda kompaniyalarda öz uluşiga ega böladi. Kelişuv mahalliy hukumat tomonidan tasdiqlanişi kutilmoqda.













