Moliya vazirining buyruği (24.10.2017 yil) bilan Soliq maslahati milliy standarti (5-son SMMS) «Soliq maslahatçilari işining sifatini içki nazorat qilişni taşkil etişga qöyiladigan talablar» tasdiqlandi.  Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

5-sonli SMMS soliq maslahatçilari işining sifatini içki nazorati deganda qonun hujjatlariga muvofiq soliq maslahati böyiça xizmatlarni sifatli körsatilişini ta'minlaş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar kompleksi tuşuniladi va u quyidagilarni öz içiga olişi şart:

•  taşkilotni öz majburiyatlarini lozim darajada bajariş uçun bilimga, mahoratga va malakaga ega bölgan soliq maslahatçilari bilan jamlanganligi;        
•  murakkab bölgan vazifalarni kasbiy malakasi uşbu vazifalar xususiyatlariga muvofiq bölgan soliq maslahatçilariga topşiriş;
•  soliq maslahati böyiça xizmat körsatiş jarayonida işlarni zarur sifat talablariga javob beradigan yönaltiruvçi körsatmalar asosida bajariş;
•  soliq maslahatçilarning aniq holatlarda bilimi yetarli bölmaganda, soliq maslahatçilari taşkiloti içida ham, uning taşqarisida ham tegişli maslahatlar oliş;
•  özlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uçun soliq maslahatçilariga nisbatan tegişli çoralar köriş.

Ma'lumot uçun: «Soliq maslahati töğrisida»gi Qonunga muvofiq işlab çiqarilgan SMMS mamlakatda soliq maslahati böyiça faoliyatni muvofiqlaştirişning me'yoriy elementi hisoblanadi.

Hujjat 25.10.2017 yildan kuçga kirdi.