Disney kompaniyasining sobiq xodimi va Hanson Robotics asosçisi Devid Xenson tomonidan yaratilgan Sofiya ismli robot Saudiya Arabistoni fuqaroligini oldi. Bu haqida robot nutq sözlagan Future Investment Initiative konferensiyasida ma'lum qilindi. 

Android öz nutqida biror bir mamlakat pasportini olgan dunyodagi birinçi robot bölganini qayd etdi. Sofiya sun'iy intellekt odamlarga yordam berişini xohlaşini ma'lum qildi. 

"Şunday yuksak şarafga ega bölganimdan juda faxrlanaman. Robotning birinçi marta fuqarolik olişi - butun dunyo uçun haqiqiy tarixiy voqea", - deya e'lon qildi Sofiya zalda töplanganlarga qarata. 

Jurnalistlarning nima uçun bunday baxtiyor körinişi haqidagi savollariga javob berar ekan, Sofiya "bunday aqlli, badavlat va nufuzli kişilar oldida nutq sözlaşdan juda baxtiyor" ekanini ta'kidladi. 

Hissiyotlarni yetkaza oliş Sofiyaga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. Android biror nimadan norozi bölsa, uning yuz ifodalarida norozilik aks etadi, xursand bölsa, tabassum qiladi. Sofiyaning yaratuvçilari uni şunday dasturlaşganki, u öz atrofidagi odamlardan köp narsalarni örgana oladi. 

2016 yilda taqdimot vaqtida jurnalistlardan biri undan yer yuzidagi barça odamlarni yöq qiliş niyati bor yoki yöqligi haqida söragan. Sofiya bu savolga "Ha" javobini bergan. Bir yil ötgaç, jurnalist savolni yana takrorladi. "Agar menga yaxşi munosabatda bölsangiz, yöq" deya javob berdi robot. 

"Men öz sun'iy intellektimdan odamlarning hayotini yanada yaxşilaş, aqlli uylar loyihalarini işlab çiqiş, yaşaş uçun eng yaxşi şaharlarni yaratiş yölida foydalanmoqçiman. Bu dunyoni yaxşilaş uçun qölimdan kelgança harakat qilaman", - dedi Sofiya öz nutqi yakunida.