2017 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekiston yalpi içki mahsuloti (YaIM) 2016 yilning şu davriga nisbatan 5,3 foizga oşdi - 170,07 trillion sömgaça.

Davlat statistika qömitasining ma'lumotlariga köra, 2017 yil yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsuloti hajmi 99,06 trln. sömni taşkil etdi, bu 2016 yilning şu davriga nisbatan 5,6%ga köp.

Hisobot davrida qişloq, örmon va baliq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişning ösiş hajmi 3,5%ni taşkil etdi - 46,19 trln. sömgaça.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar 39,53 trln. sömdan oşdi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1%ga köp.

Hisobot davrida quriliş işlari hajmi 25,17 trln. sömga yetdi, bu 2016 yildagi şu davrdan 5,3%ga köpdir.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasi 65,6 mlrd. tonna-km.ni yoki 2016 yilning şu davriga nisbatan 2,8%ga köproqni taşkil etdi.

Hisobot davrida yölovçilar aylanmasi 83,3 mlrd. sömga yetdi, bu 2016 yilga nisbatan 4,9ga köp.

Çakana tovar aylanmasi 2017 yil yanvar-sentabr oylarida 4,3 foizga ösdi - 76,35 trln. sömgaça. 2017 yil yanvar-sentabr oylarida körsatilgan xizmatlar hajmi 77,25 trln. sömni taşkil qildi (2016 yilning şu davriga nisbatan 6,9%ga köp).

Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 2017 yil 9 oyi mobaynida 16,6 foizga ösdi - 19,95 mlrd. AQŞ dollarigaça. Eksportning ösişi 25,65% (10,36 mlrd. dollargaça) va importning ösişi 8,3%ni (9,59 mlrd. dollargaça) taşkil etgan.

Hisobot davrida taşqi savdo saldosi 770,6 mln. dollarga teng böldi.