Germaniyaning Bernreuter Research tahliliy kompaniyasi ma'lumotlariga köra, 2017 yil oxirigaça dunyoda quyoş qurilmalarining umumiy quvvati 100 GVtga yetadi. Bunda katta rolni Xitoy öynadi, u quyoş elektr stansiyalari qurilişida yetakçi örinni egalladi. Xitoyda bunday stansiyalarning umumiy quvvati 52 GVtga yetdi. Undan keyingi örinlarda ança farq bilan AQŞ (12,5 GVt), Hindiston (9 GVt), Yaponiya (5,8 GVt), Germaniya (2,2 GVt) va Braziliya (1,3 GVt) kelmoqda. Avstraliya, Çili, Turkiya va Janubiy Koreyaning bu boradagi hissasi ança kiçikdir. 

2017 yilda quyoş qurilmalarining quvvati 30 foizga oşadi. Ötgan yil bu körsatkiç 74 GVtni taşkil qilgan. Quyoş energiyasiga qiziqişning bunday ortişi quyoş panellari narxining pasayişi sababli yuz bermoqda. Ayni vaqtda polikremniy narxi bir kilogrammi uçun 16,6 dollarni taşkil qiladi, yaqinda 14-15 dollargaça tuşişi mumkin. Biroq Xitoy Janubiy Koreyadan importga boj tölovlarini oşirişga qaror qilsa, narxlar yana oşişi mumkin. 

Hindistonda esa mamlakatdagi barça uy xöjaliklarini 2018 yil oxirigaça elektrlaştirişga imkon beruvçi 16 mlrd rupiylik dastur boşlangan. U 40 mln oilani qamrab oladi.