Oliy Liganing 26-turida «Paxtakor» va «Bunyodkor» klublari örtasidagi Toşkent derbisida mojaroli holat yuzaga keldi.

Öyinning ikkinçi bölimida «Bunyodkor» jarima maydonçasida sarosimali holat yuzaga keldi, himoyaçilar töpni darvoza çiziği ustida bosib töxtatib qolişdi. Avvaliga öyin hakami Aziz Asimov gol bölmaganini körsatdi, ammo qanot hakami Doniyor Saylavov gol bölganini aytdi va hakam qarorini özgartirdi. Ammo şu vaqtda mehmon jamoa futbolçilari hakamni örab olib unga bosim ötkaza boşlaşdi. Natijada, hakam yordamçining oldiga borib, vaziyatga oydinlik kiritişga harakat qildi. Bu jarayon tufayli 5 daqiqa öyin töxtab qoldi.

Endi ma'lum bölişiça, hakamlar bu vaziyatda gol bölmaganini Sport TV telekanali orqali aniqlaşgan. Aniqroği, törtinçi hakam Sport TV operatoridan gol bölgan-bölmaganini bilib berişni söragan va u javobni maydondagi hakamlarga yetkazgan.

«Menga aytişlariça, törtinçi hakam operatorlarimizdan birining oldiga kelib, gol böldimi yoki bölmadimi, deb sörabdi. Xodimimiz javobini aytgandan keyin, hakamlar yana maslahatlaşib turişdi», dedi Sport kanali rejissyori Jamoliddin Bobojonov «Oriyat Dono» radiokanalidagi «Futbol plyus!» dasturida.

Eslatib ötamiz, «Paxtakor» bu öyinda baribir nohaq gol evaziga ğalaba qozondi. 85-daqiqada Kamoliddin Tojiyevning öyindan taşqari holatdan urgan goli hakam tomonidan hisobga olindi.

Öyindan keyin nazoratçi boş hakam Aziz Asimovga 7,8 ball qöygan. Qanot hakamlaridan Sidorov 8 ball olgan. Uçraşuvda köplab xatolarga yöl qöygan va ayniqsa, öyin taqdirini hal qilgan yagona golda offsaydni körmagan Doniyor Saylavov 4 ball bilan baholangan.