Forbes AQShning biznes va mehnat faoliyati uchun eng qulay shaharlari reytingini tuzdi
AQSh aholisi kollej ta'limini tugatganidan so‘ng, o‘zi tanlagan shaharda mehnat faoliyatini boshlab, xizmat pillapoyalaridan yuqorilashni osonlik bilan uddalashi mumkin. Tadbirkorlar borasida ham shunday deyish mumkin. Ular ham yangi istiqbollar qidirib u shtatdan bu shtatga ko‘chishadi.
Oregon shtatining Portlend shahri 2,4 mln aholiga ega. Uning chegarasida faqat bitta yirik kompaniya bor. U ham bo‘lsa yillik 3 mlrd dollarlik savdo aylanmasiga ega Nike firmasidir. Ammo yirik korporatsiyalarning yo‘qligi kollejlar bitiruvchilarining Portlendni tanlashiga to‘sqinlik qilayotgani yo‘q. Chunki shahar ajoyib ekologik sharoiti va toza havoda dam olish imkoniyati bilan ko‘pchilikni jalb etmoqda.
Yaxshi ta'lim olgan yosh mutaxasisslarning kelishi uy bekalarining daromadini 4 foizga oshirdi, ishsizlik darajasi esa, 2009 yilgi 11,3 foizdan 4 foizgacha pasaydi. Portlend shahri iqtisodiy salohiyati tufayli ham Forbes jurnalining AQShdagi biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun eng qulay joy reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Reytingni tuzishda 14 ta ko‘rsatkichga e'tibor qaratildi. Ular orasida bandlikning o‘sishi, biznes va yashash xarajati, aholining so‘nggi besh yildagi daromadi, ta'lim darajasi va 2019 yilgacha iqtisodiy o‘sishga doir taxminlar bor. Mualliflar, shuningdek, so‘nggi besh yildagi migratsiya, madaniy va dam olish imkoniyatlarini ham yoddan chiqarishmagan.
Shunday qilib quyidagi reytingga kiritilgan shaharlarning kuchli o‘nligi bilan tanishish mumkin:
1.Portlend, Oregon shtati – aholisi 2,4 mln kishi, ichki mahsuloti 157 mlrd dollar
2.Roli, Sh.Karolina shtati –1,3 mln kishi; 72 mlrd dollar
3. Sietl, Vashington shtati – 2,9 mln kishi; 266 mlrd dollar
4.Denver, Kolorado shtati – 2,8 mln kishi; 184 mlrd dollar
5.De Moyn, Ayova shtati – 636 ming kishi; 45 mlrd dollar
6.Provo, Yuta shtati – 605 ming kishi; 24 mlrd dollar
7.Sharlott, Sh.Karolina shtati – 2,4 mln kishi; 139 mlrd dollar
8.Ostin, Texas shtati – 2 mln kishi; 124 mlrd dollar
9. Atlanta, Jorjiya shtati – 5,8 mln kishi; 335 mlrd dollar
10.Dallas, Texas shtati - 4,8 mln kishi; 336 mlrd dollar
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024