Xorazm viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Şakarjon Yusupovna Xöjaniyozova olamdan bevaqt köz yumdi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar qilgan.
1955 yilda Xorazm viloyati, Boğot tumanida tuğilgan Şakarjon Xöjaniyozova joriy yilning 25 yanvaridan viloyat hokimi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi. Bundan avval, u Xorazm viloyati hokimining taşkiliy, iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari, viloyat Xotin-qizlar qömitasi raisi, şuningdek, Boğot tuman hokimi lavozimida mehnat qilgan.
Xöjaniyozova iş faoliyatini 1977 yil Boğot tuman jamoa xöjaligi hisobçiligidan boşlagan bölib, keyinçalik şu tumandagi 6-sonli örta hunar-texnika bilim yurti direktori örinbosari, söngra direktori bölib işlagan.
U 1998 yili «Mehnat şuhrati» ordeni, 2004 yili «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan qişloq xöjaligi xodimi» faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
Tahririyat Şakarjon Xöjaniyozovaning bevaqt ölimi munosabati bilan uning oila a'zolariga hamda yaqinlariga çuqur ta'ziyani bildiradi.

















