Kataloniya parlamenti Ispaniyadan ajralib çiqiş haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi.

135 deputatdan 72 nafari mustaqillik e'lon qilinişi tarafdori ekanini ma'lum qildi, 10 nafari qarşi ovoz berdi. Madridga moyil partiya vakillari esa ovoz beriş jarayonida iştirok etişni istamadi va zalni tark etdi.

Eslatib ötamiz, Kataloniya mustaqilligi masalasi hududning sport jamoalariga ham ta'sir qilişi mumkin. 

Avvalroq, La Liga rahbariyati Kataloniya mustaqilligi tan olinsa, «Barselona», «Jirona» va «Espanol» Ispaniya çempionatini tark etişi mumkinligini aytgan edi. Şundan söng, «Barselona»ning Fransiya yoki Angliya çempionatlariga köçib ötişi taxmin qilingandi.