Ispaniya senati konstitutsiyaning 155-moddasi qöllanişini tasdiqladi. Bu esa Kataloniya Madriddan boşqarilişini anglatadi. Bu haqda 27 oktabrda ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Yaqin orada Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy Kataloniyada merlik qiluvçi nomzodlarni aniqlaş böyiça vazirlar mahkamasining şoşilinç yiğilişini ötkazişi kutilmoqda.  

27 oktabrda Kataloniya parlamenti Ispaniyadan mustaqil bölişini e'lon qildi. Uşbu qaror yaşirin ovoz beriş bilan qabul qilingan. Mustaqillik e'lon qilinişidan avval parlament zalini muxtoriyatning Ispaniyadan ajralişiga qarşi çiqqan muxolif partiyalar deputatlari tark etişgan.

Ovoz berişda 82 nafar deputat qatnaşgan, ulardan 70 nafari mustaqillik uçun ovoz bergan, 10 deputat bunga qarşi çiqqan, 2 nafari esa betaraf qolgan.