Buvayda tumanilik Mamarasul ota Kamolov va uning ayoli Munavvarxon aya hajga boramiz deb 45 million söm pul yiğib qöygandi. Şu mablağni qişloqqa toza içimlik suv olib kelişga sarfladi.
Bugun Farğona viloyati, Buvayda tumanining Beşterak qişloği, Örtaqişloq mahallasida istiqomat qiluvçi Mamarasul ota Kamolovning xonadoni saxovat boğiga aylandi desak, mubolağa bölmaydi. Hovliga kirib borarkansiz, sarxil uzumlarni, serhosil bodomzorlarni körib kuzni alqaysiz. Sörida qör tökib ötirgan xonadon egalariga hojilik mabrur bölsin, saxovatpeşa degan uluğ maqom muborak, deya salomlaşasiz. Ikkisi xuddi safardan qaytgan hojilar kabi duoga qöllarini oçadi, deb yozadi ÖzA.
«Köngliga tugib qöygan niyatini hammadan sir tutib kelgan ekan, ikkovlon hajga boramiz deb 45 million söm pul yiğib qöygandik. Bir kuni öğlim Foziljonga muddaosini aytdi. Öğlim, şu mablağni qişloqqa toza içimlik suvi olib kelişga sarflaymiz, meni ezgu işdan qaytarmanglar, dedi. Men ham joni dilim bilan rozi böldim. Öğlim ham ota amri vojib, deb işga kirişdi», - deydi Munavvarxon aya.
Darhaqiqat, Örtaqişloq mahallasi aholisi neça yillardan buyon toza içimlik suvi muammosi bilan yaşardi. Manğit qişloğidan 1,5 kilometr masofadan tortilgan suv quvurlari allaqaçon yaroqsiz holga kelgan, hududdagi 26-umumta'lim maktabi, 7-maktabgaça ta'lim muassasasi içimlik suvi bilan töliq ta'minlanmagan edi. Töğri, bir neça bor suv minorasi yoniga quvur kavlaş reja-loyihasi mutasaddilar tomonidan işlab çiqilgan, biroq ayrim sabablarga köra loyiha amalga oşirilmay kelinardi. Otaning taşabbusi va saxovati bilan 270 metrlik quduq qazilib suv çiqarildi. Natijada 2 ming 300 dan ortiq aholi toza içimlik suvidan bahramand böldi.
– Şunday kunlarda mahallaning hamjihatligiga qoyil qolmay iloj yöq, – deydi mahalla maslahatçisi Mohiraxon Tojiboyeva. – Keksa-yu yoş töplanişib haşarga çiqişdi. Onaxonlar, oila sohiblarining minnatdorçilik izhorlarini eşitib oramizda yaxşi odamlar köpligidan faxrlanib ketasan.
26-umumta'lim maktabi direktori Xursanoy Ma'murova va öqituvçi-murabbiylar suv keltirgan elda aziz bölişi, suvni isrof qilmasdan tejab-tergab foydalaniş zarurligini öquvçi-yoşlarga ta'kidlab, saxiy insonlarga rahmatlar aytişmoqda.
Mamarasul ota va Munavvarxon aya farzandlarini el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyaladi. Uç qizi öqituvçi, kenjasi E'tiborxon xalq ta'limi a'loçisi. Foziljon tadbirkor. 12 nevara, bitta evara ularning umr davomçilari.

















