Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining örinbosari Dmitriy Rogozin boşçiligidagi delegatsiya “Toşkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida böldi.
Delegatsiya a'zolari mazkur zavodda samolyotlarning tarkibiy qismlarini işlab çiqariş sexi, kompozit materiallar va zaxira qismlarini yaratiş jarayoni, kadrlar malakasini oşiriş va yetuk mutaxassislar tayyorlaş işlari bilan tanişdi. Mehmonlarga korxonada bugungi kunda Il-76 va Il-114 samolyotlari uçun tarkibiy qismlar, yölovçi hamda yuk taşuvçi temir yöl vagonlari, lokomotivlar uçun ehtiyot qismlar işlab çiqarilayotgani, bir neça turdagi samolyotlarga xalqaro standartlar darajasida texnik xizmat körsatilayotgani haqida sözlab berildi.
Uçraşuvda özaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

















