Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dmitriy Rogozinni «Roskosmos» rahbari lavozimidan böşatdi, uning örnini boş vazir örinbosarligini tark etgan Yuriy Borisov egallaydi. Avvalroq Rossiya naşrlari uşbu rokirovkani taxmin qilgandi. Rogozin qayerga tayinlanişi hozirça aniq emas, ammo OAV u Putinning suyuklilaridan biri bölib qolişini ta’kidlamoqda.

Juma kuni Davlat dumasi rejadan taşqari yiğiliş ötkazdi. Deputatlar, jumladan, sanoat vaziri Denis Manturovning boş vazir örinbosarligiga tayinlanişini ma’qullaş uçun parlament ta’tillaridan çaqirib olindi.

Dumada ovoz beriş yakunlanişi bilanoq Putin Manturovni tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Boşqa farmon bilan boş vazir örinbosari Borisovni işdan böşatdi. Yana bir farmon bilan esa Borisov «Roskosmos» davlat korporatsiyasi boş direktori etib tayinlandi.

Rogozin nima bilan şuğullanişi hozirça ma’lum qilinmadi. Avvalroq «Meduza» naşri u yaqin kunlarda Kremlga işga ötişini yozgandi – garçi prezident ma’muriyatida unga tegadigan lavozim muhokama qilinayotgan bölsa-da. 

Kutilgan özgariş

Borisov boş vazir lavozimini tark etişi haqida 12 iyul kuni birdaniga uç naşr - RBK, «Kommersant» va «Vedomosti» xabar qilgandi. Ular Borisov Rogozin örniga işga tayinlanişini yozgandi.

65 yoşli Borisov 58 yoşli Rogozinning örnini ketma-ket ikkinçi marta egallamoqda. 

U 2018 yil may oyida «Roskosmos» va harbiy-sanoat majmuasini nazorat qiluvçi boş vazir örinbosari lavozimiga tayinlangandi. Borisov bunga qadar mudofaa vaziri örinbosari bölgan, undan ham oldin esa hukumat huzuridagi harbiy-sanoat komissiyasiga rahbarlik qilgandi.

Öşanda Rogozin «Roskosmos»ga rahbar bölib, Borisovga boş vazir örinbosarligini bergandi. U bu lavozimda tvitter sahifasida keskin bayonotlar berişi bilan yodda qoldi.

Rogozin öz kosmik dasturini yölga qöygan amerikalik biznesmen Ilon Mask bilan bir neça marta tortişgandi. 

Rossiyaning boşqa rahbarlari kabi uning iddaolari Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin keskinlaşdi. 12 aprel kuni Rogozin XKS kosmonavtlariga Yevropaning ERA manipulyatori bilan işlaşni töxtatişni buyurdi.

«Prezident uni yaxşi köradi