Rossiya hukumatining sobiq vitse-premeri, «Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin hamda «DXR» hukumati raisi Vitaliy Xotsenko çorşanba kuni keçqurun Donetsk öqqa tutilişi vaqtida jarohat olişgan.

Şaharda «Şiş-Beş» mehmonxona va restoran majmuasi öqqa tutilgan. Donetsk oblastining annexia qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan rahbar Denis Puşilin hujum oqibatida ikki kişi halok bölganini tasdiqladi. Yana bir neça kişi yaralangan.

Rogozinning özi jarohat olganini tasdiqladi: «3×4 mm ölçamdagi metall parça öng kuragi yuqoriroğidan kirgan». «Belimdan yaralandim. Lekin yaşayman. Oskolka umurtqa poğonasidan bir santimetr nariroqdan kirgan», - degan Rogozin RT telekanaliga bergan izohida.

Baza naşri manbasi xabar qilişiça, Donetskda Rogozin tuğilgan kunini nişonlayotgan (u 21 dekabr kuni 59 yoşga töldi) restoran öqqa tutilgan. Rogozinning boşining yumşoq töqimalariga, dumba qismiga va çap son qismiga oskolka parçalari kirgan.

Rossiya kanallari e’lon qilgan foto va videolarda derazalari sinib ketgan restoran zalini köriş mumkin. Snaryadlar kelib tuşişi oqibatida asosan bino hovlisi va ikkinçi qavati jiddiy şikastlangan. Bu kadrlarni «Şiş-Beş» restoranining reklama suratlari bilan taqqoslaş orqali voqea aynan şu restoranda röy bergani anglaşiladi.

«Şiş-Beş» restoranidan kadrlar. Foto: ZVEZDANEWS

«Şiş-Beş» restoran-mehmonxona majmuasi Donetskning janubiy çekkasida, front çiziğidan taxminan 20 km masofada joylaşgan. Rogozin köngilli bölinmalardan birining pozitsiyasidan qaytilgaç, bu yerda «tor doirada va xotirjam muhitda işçi uçraşuv» ötkazilayotgan bölganini aytgan. 

Rogozin va Xotsenkoning atrofidagilarning ma’lumotiga köra, ularning hayotiga jiddiy xavf yöq.

«Roskosmos»ning sobiq rahbari «Şiş-Beş» sakkiz yil mobaynida biror marta zarbaga uçramaganiga e’tibor qaratgan. «Kimdir ma’lumot sizdirdi va soat 19:45 atrofida bir neça yuqori aniqlikdagi zarbalar kelib tuşdi, jumladan biz bölib turgan joyga ham. 120 yoki 155 mm kalibrli snaryadlar edi», - deya taxmin qiladi u.

Rogozinning yordamçisi ham bu «qasddan yönaltirilgan zarba» bölganini aytadi. «Donetsk atrofidagi mehmonxona öqqa tutildi, bu yerda sönggi oylarda harbiy maslahatçilar guruhi, jumladan Dmitriy Rogozin yaşab kelayotgandi. Zarbalar yuqori aniqlikdagi öq-dorilar bilan berildi. Mutaxassislar xulosasiga köra, zarba beriş uçun fransuzlarning Nexter firmasi tomonidan işlab çiqilgan 155-millimetr kalibrli CAESAR öziyurar artilleriya qurilmasidan foydalanilgan», degan u.