Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 19-20 may kunlari Turkmanistonga taşrifi çoğida Toşkentda Maxtumquli nomidagi köça va unga bağişlangan me'moriy yodgorlik oçilgani, Aşxobod boğini taşkil etiş böyiça işlar amalga oşirilayotganini qayd etgan edi. 

ÖzA xabariga köra, davlat rahbari 28 oktabr kuni poytaxtning Yaşnobod tumanida qurib bitkazilgan «Aşxobod saylgohi»ni borib kördi. 

Şavkat Mirziyoyev hududlarga taşrifi çoğida şahar va qişloqlarda yaşil hududlar maydonini kengaytiriş muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlab, inson salomatligi hamda atrof-muhit uçun foydali bölgan daraxt va butalar turini köpaytiriş böyiça körsatmalar bergan edi. Bunday boğlar bugun Özbekistonning barça hududlarida zamonaviy me'morçilik talablari asosida bunyod etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda. 

Foto: ÖzA

Umumiy maydoni 10 gektardan ortiq bölgan uşbu saylgohga kiraverişda katta favvora qurilgan. Boğdagi xuşmanzara daraxtlar, zamonaviy örindiqlar va boşqa qulayliklar kişi kayfiyatini çoğ qilib, atrof-muhitga sölimlik baxş etadi. 

Prezident saylgoh atrofi, unga tutaş hududlarni yanada obodonlaştiriş böyiça topşiriqlar berdi.